Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗 INFRASTRUKTURA OBYEKTI: QURILISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sherobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📍 Mazkur qarorga asosan Sherobod tumanining Mustaqillik ko‘chasidagi Sherobod kanali ustidan ko‘prik qurilishi bilan bog‘liq ishlarning borishi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan amalga oshirildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda obyektda olib borilayotgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.

Mazkur kabi joyiga chiqib o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalarining samarali ijrosini ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Bunyodkorlik — xalq farovonligi va hudud taraqqiyotining muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5