Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

⚖️ QONUNIYLIK VA SIFATLI QARORLAR — ASOSIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan hududda qonuniylikni ta’minlash, qabul qilinayotgan qarorlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan savolnoma asosida tegishli masalalar tahlil qilinmoqda.

Jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda qonunchilik talablari hamda yuridik-texnik qoidalarga rioya etilishi, loyihalarning jamoatchilik muhokamasiga o‘z vaqtida joylashtirilishi, majburiy ekspertizalardan o‘tkazilishi, qabul qilingan hujjatlarning rasmiy e’lon qilinishi va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borilishi kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev o‘rtasida fikr almashildi.

Muloqot davomida tuman Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, shu jumladan, normativ tusdagi qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, huquqiy ekspertiza masalalari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

🤝 Bunday amaliy o‘rganishlar Kengash qarorlarining huquqiy jihatdan puxta, asoslangan va qonunchilik talablariga muvofiq qabul qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3