Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Kengash qarori ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “16-Qo‘shchinor” saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hududiga kiruvchi “Qashqarimakey” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 13-mart kungi VII-23-40-11-152-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–49-son qarori 13-bandi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

⬇️O‘rganish davomida “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda turuvchi, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 24 ta oilaning xonadonlarini energiya tejamkor holatga keltirish maqsadida Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan 1 440 million so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi.

🔴Shuningdek, “Qashqarimakey” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 ta xonadonda “VODIY-GRAND" XK tomonidan amalga oshirilayotgan energiya tejamkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish-montaj ishlarining sifati hamda bajarilish holati o‘rganilganda ayni paytda xonadonda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi talablar asosida yakunlash hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4