Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Jayhun” mahallasida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdilar.

Mazkur uchrashuv va muloqot jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tizimli ravishda tashkil etildi.

Muloqot davomida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:

Aholi murojaatlari: Fuqarolardan kelib tushgan ijtimoiy-maishiy, bandlik va kommunal sohadagi masalalar eshitildi;

Infratuzilma holati: Mahalla ko‘chalari, obodonlashtirish hamda hududiy muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi;

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik: Deputat va mahalla "yettiligi"ning aholi muammolarini xonadonbay o‘rganishdagi uzviy harakati tahlil etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning “Murojaat daftari”ga kiritildi. Muayyan vaqt hamda mutasaddi idoralar aralashuvini talab etadigan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.