Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Avg‘onbog‘” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, avval yuborilgan deputatlik so‘rovlari natijalari, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar hamda mahallaning kelgusi yillarga mo‘ljallangan rivojlanish rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bir qator murojaatlar kelib tushdi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiluvchi ikki oilaning xonadoniga quyosh panellari o‘rnatish masalasi yuzasidan murojaatlari muhokama qilindi.

Jumladan:

A.Madumarov, “Avg‘onbog‘” mahallasi, 14-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan 2026-yil 6-avgust kuni ariza bilan murojaat qilingan.

I.Madaminov, “Ezgulik” ko‘chasi, 17-uyda yashovchi fuqaroning ham mazkur masala yuzasidan arizasi mavjudligi ma’lum qilindi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, quyosh panellari o‘rnatish masalasi yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yuborilgan murojaatlar rad etilgan. Mazkur holat qabul jarayonida atroflicha muhokama qilinib, rad javobining asoslari hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu murojaatlar deputat Z.Madaminova tomonidan nazoratga olinib, masalani qonunchilik doirasida qayta o‘rganish hamda tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3