Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
#jarayon
#jarayon

Maishiy chiqindi tashuvchi korxona faoliyati o‘rganilmoqda

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 24-martdagi VII-30-33-10-0-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shaharda maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatini ko‘rsatuvchi “Angren-Bunyod Fayz” Nurafshon shahar filiali faoliyati o‘rganilmoqda.

🗑O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati va doimiy kommisiya a'zosi D.Safarova, hamda Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri N.Bektoshevlari ishtirok etdi.

📃Belgilangan savolnoma asosida korxonaning umumiy faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish haqi va ijtimoiy kafolatlar, tibbiy nazoratning yo‘lga qo‘yilgani, maxsus texnikalarning texnik holati hamda mahallalarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

📋O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud ishlarni takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

📌Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqish — hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishning muhim omilidir.
Slide 1 of 3