Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tumanning “Pargos” mahallasida aholining turmush tarzi va mavjud muammolarini aniqlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi.

🔻Aholi bilan muloqotlar jarayonida, avvalo, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati yuzasidan e’tiroz va takliflar bildirildi. Fuqarolar tomonidan chiqindilarni belgilangan grafik asosida va o‘z vaqtida olib chiqib ketish, maxsus transport vositalari harakatini yaxshilash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish zarurligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, xonadonbay o‘rganish jarayonida kadastr masalalari bo‘yicha ham fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Ayrim xonadon egalari yer va ko‘chmas mulkka oid hujjatlarni rasmiylashtirish, kadastr ma’lumotlarini tartibga keltirish hamda mavjud masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy ko‘makka ehtiyoj borligini bildirdilar.

🔻Aholi tomonidan ko‘tarilgan yana bir muhim masala — bandlikni ta’minlash masalasi bo‘ldi. Ishlash istagida bo‘lgan, biroq doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish yakunida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha choralar belgilab olindi. Muammolarning bartaraf etilishi va berilgan topshiriqlarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 2