Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sariosiyo tumanida Investitsiya dasturi doirasida bunyod etilgan yangi ijtimoiy obektlar foydalanishga topshirilmoqda

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sariosiyo tumanida Investitsiya dasturi doirasida bunyod etilgan yangi ijtimoiy obektlar foydalanishga topshirilmoqda


Jumladan, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Saidov saylangan “21-Dehqonobod” saylov okrugiga qarashli Turmush obod mahallasidagi 43-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 300 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari o‘quvchilar uchun qulay ta’lim sharoitlarini yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan.

Ochilish marosimida xalq deputatlari tuman Kengashiga “9-Gazarak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, ta’lim sohasi mas’ullari, nuroniylar, maktab jamoasi, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman Kengashi deputati Odiljon Yaqubov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodga yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, yangi o‘quv binosi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va kelgusida munosib natijalarga erishishiga zamin yaratishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar yangi o‘quv binosida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Slide 1 of 5