Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌱 Suv resurslaridan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tumandagi irrigatsiya tizimlarining samarali ishlashi, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati muhokama qilindi.

O‘rganish davomida ayrim sug‘orish kanallarining ta’mirtalab holatga kelgani, suv yo‘qotishlarining oldini olish va qishloq xo‘jaligi maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, irrigatsiya tizimlarini yaxshilash hamda suvdan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.

📌 Kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror orqali hududda suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish belgilandi.

Slide 1 of 5