Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
✅ XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATI

📅 2026-yil 24-avgust
📄 134-ds-448-26-son
📍 Shovot tumani
Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Iskandarovga
📢 DEPUTAT SO‘ROVI
Guliston mahallasi aholisi murojaatlari asosida:
🔹 “Qishloq yop” kanalining Guliston mahallasi hududidan o‘tuvchi qismini joyiga chiqib o‘rganish;
🔹 Kanal o‘zanini begona o‘tlar, loyqa va boshqa to‘siqlardan tozalash;
🔹 Suvning erkin va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash;
🔹 Aholining sug‘orish mavsumidagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda Guliston mahallasiga suv yetkazib berishni barqaror tashkil etish;
🔹 Kanalning texnik holatini o‘rganib, suv yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida Guliston mahallasidan o‘tuvchi qismini bosqichma-bosqich betonlashtirish bo‘yicha loyiha va texnik takliflar ishlab chiqish;
🔹 Betonlashtirish imkoniyati, zarur mablag‘ miqdori, bajarish muddatlari va mas’ul tashkilotlarni belgilagan holda aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
📌 Mazkur masala faqat kanalni ta’mirlash yoki betonlashtirish ishlari sifatida emas, balki Guliston mahallasi aholisining suv ta’minotini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va fuqarolarning qonuniy murojaatlarini amaliy hal etishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega masala sifatida ko‘rib chiqilsin.
⏰ So‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi so‘raladi.
Deputat
✍️ KALANDAROV AZAMAT SHERMETOVICH