35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O'RQ-642 qonun asosida Deputat o‘z saylov okruglarida keng qamrovli tahlil-nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi
янв.21
“Kasb-hunarli qiz – farovon oila va porloq kelajak kafolati
янв.21
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...
янв.21
Qonun ijrosi - Doimiy komissiya tomonidan o'rganildi
янв.21
Deputat D.Mexmonova: bolalar manfaati va munosib dam olish doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari so‘rovlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi haftalik DAYJESTI (8 - 12 IYUN)
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING ELLIK SAKKIZINCHI SESSIYASI TO'G'RISIDA

 Joriy yilning 24-May kuni Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining ellik sakizzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, Sessiyada Baxmal tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari, tumandan saylangan viloyat Kengashi
deputatlari, tuman Kengashi deputatlari qatnashdi. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi olib bordi. Sessiyaga muhokama etish uchun qo‘yidagi masalalar qo‘yildi:
1.Joriy yilning 30 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyixasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan Referendumning yakuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi PF-68-sonli Farmoni bilan muddatdan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini e’lon qilish va uni o‘tkazish to‘g‘risida.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasining mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “hokim yordamchilari” faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi haqida.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi “2023-2025-yillarda Baxmal tumaninni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi RQ-146-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda 2023 yilda Baxmal tumanida ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, yo‘l-transport infratuzilmasini va muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish va jadallashtirish to‘g‘risida.
5.Tumanda ichimlik suvi ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
O‘tkazilgan sessiya davomida deputatlar sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr mulohaza-larini bildirib o‘tdilar.Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan fikr va muloxazalarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi

Slide 1 of 19