35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
🏢 QOʻSHKOʻPIRDA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI IJROSI VA YER AUKSIYONLARI: HISOBOT

🏢 QOʻSHKOʻPIRDA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI IJROSI VA YER AUKSIYONLARI: HISOBOT

Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S.Pirnapasovning xususiylashtirish dasturi ijrosi boʻyicha hisoboti eshitildi hamda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb topildi.
📊 2025-yilgi xususiylashtirish natijalari: • Davlat aktivlari: Boshlangʻich narxi 7,3 mlrd soʻm boʻlgan 4 ta davlat aktivi ommaviy savdolarga chiqarilib, toʻliq 7,3 mlrd soʻmga sotildi. • Yer maydonlari: Ommaviy savdolarga 2,1 gektar yer uchastkalari chiqarilishi taʼminlandi.
📉 2026-yilgi joriy koʻrsatkichlar va savdolar: • Davlat aktivlari: Boshlangʻich narxi 6,5 mlrd soʻm boʻlgan 2 ta davlat aktivi savdoga chiqarildi (hozirda savdo jarayonlari davom etmoqda). • Tadbirkorlik va shaharsozlik yerlari: Boshlangʻich narxi 12,8 mlrd soʻm boʻlgan 15,7 gektar (68 ta) yer auksionga chiqarilib, shundan 11,5 gektari 4,4 mlrd soʻmga sotildi.