Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi, deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tomonidan Xayrabod mahallasida mahalla faollari hamda ko‘chaboshilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
Jumladan, Katta Qani ko‘chasida jamoat transporti qatnovini tashkil etish va avtobus bekatlarining noqulay joylashgani asosiy muammolardan biri sifatida ko‘tarildi. Ta’kidlanganidek, ushbu holat nafaqat mahalla aholisi, balki 202-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ham qatnovda qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganish, amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
Deputat tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarda qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.