35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Deputat maxallada

Deputat maxallada.

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Tangriberganov Maxmud Allaqulievich Do`stlik mahallasida bo‘lib, hududni ko‘chama-ko‘cha aylanib, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni joyida o‘rgandi.Chumladan “Do‘stlik” mahallasining Avaz O‘tar nomidagi ko‘chasida joylashgan 90 ta xonadonda elektr kuchlanishining pastligi masalasi yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Mahalladagi ichki yo‘llar, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.