35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
#deputat faoliyati

Aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash doimiy e'tiborda!
Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 15-okrug deputati Ravshan Siddiqov hamda 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov tomonidan “Hilol” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahallaning:
🛣 Ichki yo‘laklari holati;
💡 Tungi yoritgichlar bilan ta'minlanganlik darajasi va ularning sozliligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Quvonarlisi, o‘rganish jarayonida mahallasida ichki yo‘laklarning ravonligi, fuqarolar va avtotransport vositalari harakati uchun qulay sharoitlar yaratilgani, shuningdek, tungi vaqtlarda aholi xavfsizligini ta'minlovchi zamonaviy yoritish tizimi bir maromda ishlayotgani ma'lum bo‘ldi. Holatning ijobiy ekani hamda hududda obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
"Aholimizning tungi vaqtlarda ko‘chalarda xavfsiz harakatlanishi va qulay joylarda yashashi biz uchun ustuvor vazifa. 'Hilol' mahallasida amalga oshirilgan amaliy ishlar bunga yorqin misoldir."

Aholi farovonligi va mahallalar obodligi yo‘lidagi deputatlik nazorati hamda o‘rganish ishlari shahar bo‘ylab izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5