35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
#Sessiyadan oldin o'rganish #nazorat

Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi rejalashtirilayotgan  sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibidagi masalalarni atroflicha tahlil qilish maqsadida deputatlar tomonidan joylarda dastlabki o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan shahar Adliya bo‘limida sessiyadan oldingi dastlabki o‘rganish ishlari tashkil etildi.
O‘rganish davomida:
Adliya bo‘limining joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomidagi faoliyati, erishilgan natijalari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari atroflicha tahlil qilindi.
Aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati va qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlar bilan birgalikda tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur jarayonda shahar Kengashi kotibiyatidan mas’ul xodim Muhiddin Begmatov ham ishtirok etib, o‘rganishlarning reglament talablariga muvofiq, tizimli tashkil etilishini muvofiqlashtirib bordi.
Dastlabki o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va takliflar xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3