35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Kotibiyat faoliyati: deputatlar bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyati Kotibiyat to‘g‘risidagi Nizomning 3-bobi, 16-bandida belgilangan vazifalar asosida tashkil etilgan.

Unga ko‘ra, kotibiyat mahalliy Kengash faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy va boshqa yo‘nalishlarda ta’minlaydi, deputatlarga o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishda ko‘maklashadi hamda ularni zarur huquqiy va axborot materiallari bilan ta’minlaydi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati tomonidan deputatlar bilan doimiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Deputatlarning faoliyatini samarali tashkil etish, hududlardagi o‘rganish ishlarini muvofiqlashtirish, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha muntazam hamkorlik olib borilmoqda.

Slide 1 of 3