35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati B.Ermatov, Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirov hamda Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi A. Tursunovlar tomonidan 21-Beshkapa saylov okrugidagi "Saroy" MFY hududida bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rgandi.

🪩O‘rganish davomida mahallada joylashgan 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

👨‍💻O‘rganish ishlari MFY raisi M. Mamathalilov, maktab direktori va maʼsul hodimlari ishtrokida olib borildi.

⌛️O‘rganish jarayonida maktabda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, o‘quv xonalarini ta’mirlash, shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mas’ullar tomonidan mazkur ishlar belgilangan reja asosida izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.

🔹Shu bilan birga, muassasada mavjud ayrim muammolar ham atroflicha o‘rganildi. Xususan, Maktabga kirish yo'laklari va hovli qismini asfaltlashtirish zarurligi hamda Maktab binosining ko'cha qismini temir panjara bilan to'sish zarurligi ta’kidlandi.

🔹O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni deputat yon daftariga qayd qilinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlarni belgilash, masalaga yechim topish hamda uning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1