35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev Mirobod tumanidagi “Oq uy” mahallasida bo‘lib, hududda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb qirq kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🌳 O‘rganish davomida mahalla hududida hashar yo‘li bilan olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalik ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, jamoat joylarini ozoda saqlash, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi uchun obod va qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.

🔺 Deputat Toshpo‘lat Matibayev mahalla yettiligi, ko‘chaboshilar va domkomlar bilan muloqot qilib, hududdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar ham tinglandi.

🔎 Muloqot davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish, hududlar tozaligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yashil hududlarni saqlash, ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat joylarini tartibga keltirish kabi aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

🧹 “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlarni faqat hududni tozalash bilan cheklab qolmasdan, aniqlangan kamchiliklarni manzilli bartaraf etish, mahalladagi obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish va bu jarayonga aholi hamda jamoatchilik vakillarini keng jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

💡 Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishliligi bo‘yicha o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda zarur masalalarni deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

🤝 O‘rganish yakunida mahallada obod va xavfsiz muhitni ta’minlash, ozodalikni doimiy saqlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda aholi bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish hudud taraqqiyotining muhim omillaridan ekani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash