35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
7-“Ming o‘rik” saylov okrugidagi bolalar maydonchalari holati deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ 7-“Ming o‘rik” saylov okrugidagi bolalar maydonchalari holati deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumanidagi 7-“Ming o‘rik” saylov okrugi hududida joylashgan bolalar o‘yingohlari va maydonchalarining mavjud holatini kompleks o‘rganish, ta’mirtalab obyektlarni aniqlash hamda ularni bosqichma-bosqich yangilash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Abdulla Avloniy, Afrosiyob, At-Termiziy, Baynalminal, Birodarlik, Farovon, Lolazor, Ming O‘rik, Mirobod, Movarounnahr, Navro‘z, Oybek, Salar, Sharof Rashidov, Temiryo‘lchilar, Yangi Mirobod hamda Zaminobod mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushayotgan murojaatlar asosida shakllantirildi.

🎠 Fuqarolar murojaatlarida ayrim mahallalardagi bolalar maydonchalari yillar davomida foydalanilishi natijasida eskirgani, o‘yin jihozlari va boshqa inshootlar ta’mirtalab holga kelgani, ayrim hududlarda esa bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay o‘yin hamda dam olish maskanlarini tashkil etishga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev 7-“Ming o‘rik” saylov okrugiga kiruvchi barcha 17 ta mahalladagi bolalar maydonchalarini xatlovdan o‘tkazish, ularning soni va aniq manzillarini shakllantirish, har bir obyektning texnik hamda sanitariya holatini o‘rganib, foydalanishga yaroqli, qoniqarli, ta’mirtalab yoki xavfli holatda ekanligiga baho berish masalasini ko‘tardi.

🔺 Deputatlik so‘rovida, shuningdek, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangidan barpo etishni talab qiladigan bolalar maydonchalarini alohida aniqlash, ularni yangilash ishlari qaysi dastur, loyiha yoki moliyalashtirish manbasi hisobidan amalga oshirilishi mumkinligini belgilash, tegishli dasturlarga kiritilgan obyektlar bo‘yicha bajarilish muddatlari va mas’ul tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

💡 Shu bilan birga, maydonchalardagi o‘yin jihozlari, qoplamalar, tashqi yoritish tizimlari va sanitariya holatining belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli amaliy choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratilgan.

📁 Deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan mazkur masalalar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida ko‘tarilib, o‘rganish natijalari, aniqlangan muammolar, amalga oshirilgan ishlar hamda bolalar maydonchalarini ta’mirlash, yangilash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan Toshkent shahar hokimligidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur masala deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, saylov okrugidagi bolalar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan ishlarning tizimli tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1