35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
янв.21
“Fuqaro murojaati hamkorlikda ijobiy hal etildi”
янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov hamda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev tomonidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-27-33-9-127-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman mahalliy byudjeti hisobidan shakllangan Sardoba tuman hokimligining “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Birlik mahallasidagi 2-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mas’ullarga qaror ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjet mablag‘larining shaffof va manzilli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3