Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O'RQ-642 qonun asosida Deputat o‘z saylov okruglarida keng qamrovli tahlil-nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi
янв.21
“Kasb-hunarli qiz – farovon oila va porloq kelajak kafolati
янв.21
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...
янв.21
Qonun ijrosi - Doimiy komissiya tomonidan o'rganildi
янв.21
Deputat D.Mexmonova: bolalar manfaati va munosib dam olish doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari so‘rovlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi haftalik DAYJESTI (8 - 12 IYUN)
Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Andijon shahar 7-son texnikumi o‘quvchilari uchun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G.A. Ismailova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Samimiy va ochiq muloqot davomida yoshlar bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, to‘g‘ri kitob tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mutolaaning inson kamoloti va kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda har bir yosh o‘z kasbini puxta egallashi, ma’naviy dunyoqarashini boyitishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun kitobni eng yaqin do‘stiga aylantirishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kitobni nafaqat o‘qish, balki uning mazmun-mohiyatini anglash, tahlil qilish va hayotga tatbiq etish tafakkur, intellektual salohiyat hamda dunyoqarashni yuksaltirishi, zamonaviy axborot makonida faol tashabbuskor bo‘lishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 4