Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahar tibbiyot birlashmasida ichimlik suvi ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Quvasoy shahrida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda...
янв.21
Fuqarolar dardiga quloq tutildi: muammolarga joyida yechim izlanmoqda..
янв.21
Quvasoy shaharda investitsiyalar ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 6-10 aprel kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi
янв.21
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlar tomonidan "Tanqidiy" ko‘tarilgan masala ijrosi davom etmoqda...
2026-yil 31-mart kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

ANDIJON SHAHRIDA NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 31-mart kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🗳 Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, har bir yo‘nalish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida masalalar chuqur tahlil qilinib, ovoz berish yo‘li bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📌 Sessiyada ko‘rib chiqilgan asosiy yo‘nalishlar:

— Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar

— Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish masalalari

— “Ochiq budjet” axborot portali orqali ilgari surilgan tashabbuslarni moliyalashtirish va g‘olib loyihalarni qo‘llab-quvvatlash

— Shahar infratuzilmasini rivojlantirish, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari

— Mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida aholi va xonadonlar soniga o‘zgartirishlar kiritish

— Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari tarkibini takomillashtirish

— Kengash raisining faoliyati yuzasidan hisobotini ko‘rib chiqish

— Shuningdek, boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi

👥 Sessiyada xalq deputatlari, viloyat Kengashi deputatlari, tashkilot va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari faol ishtirok etdi.

📍 Muhokamalar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tkazilib, har bir masala yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Qabul qilingan qarorlar Andijon shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

🤝 Kengash faoliyati doimiy ravishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilmoqda.

Slide 1 of 6