Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy kengashlar zalida yosh volontyorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi

Yoshlar bilan ochiq muloqot ✨

Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy kengashlar zalida yosh volontyorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. 🏛👥

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon viloyati “Kelajak markazi” direktori hamda viloyat hokimining volontyorlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Dadajonov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S. Salohiddinov, shuningdek institut Yoshlar yetakchisi F. Xodjimatov ishtirok etdi. 🎓

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilib, unda yosh volontyorlarning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi. 🗣💬 Bildirilgan g‘oyalar yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, volontyorlik harakatini yanada rivojlantirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi. 📈

Tadbir davomida volontyorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, yoshlarni ezgu ishlarga keng jalb etish, ularning ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🤝🌱

Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ⭐️

Slide 1 of 6