Deputatga fuqarolar murojaati...
🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi “Bog‘bon” MFY okrugi deputati B.Sultonaliyev nomiga Fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
🔹Mazkur murojaat deputat B.Sultonaliyev, shahar hokimi o‘rinbosari N.Ubaydullayeva hamda Kengash kotibiyatidan D.Mirzayeva, I.Qaxorov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, 1 ta murojaat yuzasidan tegishli choralar belgilandi. 1 ta murojaat B.Sultonaliyev tomonidan joyida ijobiy hal etildi.
🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.