Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 “Mustaqillik mahallasida tozalik va tartib – doimiy e’tiborda” 

 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Usmonov tomonidan Mustaqillik mahallasida aholi uchun muhim bo‘lgan masalalardan biri — chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud ahvol ko‘zdan kechirilib, mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi. 

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, hududlarda tozalikni ta’minlash — bu nafaqat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, balki har bir fuqaroning ham
mas’uliyatidir. 

Kelgusida ham bu kabi o‘rganishlar davom ettirilib, aniqlangan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilishi rejalashtirilmoqda. 

  

Slide 1 of 4