Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahar tibbiyot birlashmasida ichimlik suvi ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Quvasoy shahrida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda...
янв.21
Fuqarolar dardiga quloq tutildi: muammolarga joyida yechim izlanmoqda..
янв.21
Quvasoy shaharda investitsiyalar ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 6-10 aprel kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi
янв.21
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Deputatlar tomonidan "Tanqidiy" ko‘tarilgan masala ijrosi davom etmoqda...
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
NAVOIY SHAHRIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

NAVOIY SHAHRIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Joriy yilning 26-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida bir qator muammolar aniqlandi. Jumladan, A. Temur ko‘chasi 36-uy orqa qismida joylashgan savdo shoxobchasi tomonidan oqova suv yo‘lagi to‘liq ko‘mib tashlangan. Shuningdek, ushbu hududda orqa tomondagi katta maydon tekislanib, qo‘shimcha noqonuniy binolar qurilgani kuzatildi.Bundan tashqari, G‘alaba ko‘chasi 109-uy orqa qismidagi yo‘lakning holati qoniqarsiz ekani aniqlanib, fuqarolar uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.A. Temur ko‘chasi 40-uy yerto‘la qismida ham muammoli holatlar mavjud bo‘lib, mazkur hududda sanitariya va texnik talablarga rioya etilmayotgani ma’lum bo‘ldi.Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 5