Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O'RQ-642 qonun asosida Deputat o‘z saylov okruglarida keng qamrovli tahlil-nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi
янв.21
“Kasb-hunarli qiz – farovon oila va porloq kelajak kafolati
янв.21
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...
янв.21
Qonun ijrosi - Doimiy komissiya tomonidan o'rganildi
янв.21
Deputat D.Mexmonova: bolalar manfaati va munosib dam olish doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari so‘rovlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi haftalik DAYJESTI (8 - 12 IYUN)
“MAHALLA YETTILIGI” DEPUTATLAR E'TIBORIDA

Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 04-apreldagi "Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi KQ-706-IV sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 25-aprel kuni, Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova, shahar Kengashi deputati - kotibiyat mudiri Rustam Muktumov, deputatlar Nariman Mamedov, Faxriddin Nazarovlar  mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun o‘z saylov okruglarida joylashgan mahallalarda bo‘lib, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mahallada aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish, aholi muammolarini hal etish, sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni munosib ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, deputatlar mahalla nuroniylari hamda faollari bilan uchrashdilar. Mahalladagi muammolar, maʼnaviy muhit, “Mahalla yettiligi”ning aholi bilan, deputatlar bilan hamkorligi haqida qiziqdilar.

Bundan tashqari, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqarolarning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutayotganligi, mahalliy davlat hokimyati organlarining qarorisiz o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida qurilgan uy-joylar, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obektlariga nisbatan huquqni e’tirof etish asoslari va uning aniq tartibini belgilash zarurati mavjudligini inobatga olgan holda 2024-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganligi, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk ob’yektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qilishi haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, 1-maydan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari hamda tabiiy gaz tariflari hisobi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlar yakunida hamkorlikda amalga oshirish kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 19