PARCHACHANDIR MAHALLASIDA MUROJAATLAR VA SOLIQ TUSHUMLARI MASALASI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova Parchachandir mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🗣️ Uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularni o‘rganish va tegishli tartibda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📊 Shuningdek, mahalla raisi tomonidan 10 foizlik soliq tushumlari hisobidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.
✅ Mazkur yo‘nalishda mablag‘lardan foydalanish, amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
👍 Bunday uchrashuvlar mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalliy tushumlar hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.