Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Haftalik ishlar sarhisob qilinib, yangi vazifalar belgilandi

Haftalik ishlar sarhisob qilinib, yangi vazifalar belgilandi

🇺🇿 Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi kotibiyatida haftalik ishchi yig‘ilish tashkil etildi.

🇺🇿 Yig‘ilishni kotibiyat mudiri F.Xolmuratova olib bordi.

✏️ O‘tgan hafta natijalari tahlil qilindi. Hafta mobaynida amalga oshirilgan ishlar, topshiriqlar ijrosi va erishilgan natijalar ko‘rib chiqilib, mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

💠 Kamchiliklar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tanqidiy-tahliliy fikr almashildi. Yakuniga yetkazilmagan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish, ish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

⚡️ Yig‘ilish yakunida joriy haftaning amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar belgilab olinib, mas’ul xodimlarga vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1