Deputatlar o‘z saylov okruglarida fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdilar
Joylarda aholining muammo va takliflarini
o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari, shuningdek, Quva tumanidan viloyat Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida fuqarolarning
navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan
ijtimoiy himoya, uy-joy, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda boshqa hayotiy
ahamiyatga ega sohalarga oid masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat deputatlar
tomonidan diqqat bilan eshitilib, tegishli tashkilot va idoralar bilan
hamkorlikda ularning yechimini topish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Deputatlar fuqarolar bilan
ochiq muloqot olib borish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularga
amaliy yordam ko‘rsatishni o‘zlarining asosiy vazifasi deb biladilar.