Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bekmurodov tomonidan fuqaroning ish bilan ta’minlash masalasi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning mavjud muammosi, kasbiy ko‘nikmalari, mehnat faoliyati va ishga bo‘lgan ehtiyojiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, fuqaroning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va munosib mehnat imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Deputat tomonidan fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish, uni munosib ish o‘rni bilan ta’minlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish va aholi bandligini ta’minlash masalalari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2