Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XONOBOD MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

 XONOBOD MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati B.Sharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov
tomonidan Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
 

Qabul davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar
hamda ularning yechimi yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflari
tinglanib, murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
 

Ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda qayd etilib, ularni ijobiy hal
etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
 

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish hamda ko‘tarilgan masalalar yechimi yuzasidan amaliy choralar
ko‘rish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
  

Slide 1 of 3