Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi.

 
📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, OʻzXDP partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan tumandagi Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi.

👥 O‘rganish davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mavjud ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

Slide 1 of 3