Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
DEPUTAT KO`PQAVATLI UYLARNI BORIB KO`RDI

 Bozorboshi MFY hududida 1-maktab ro`parasidagi Xamza nomli ko`pqavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar nomidan Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Sh.Xaytoxunovga Oripova Shoxsanam murojaat qilgan edi. 

-Ko`pqavatli uyimizda 7 oydan buyon ichimlik suvi yo`q... 

Ushbu murojaat bo`yicha fuqaroning ketma-ket qo`ng`irog`idan so`ng, u ko`targan muammoni yaqindan o`rganish uchun deputat manzilga bordi. Fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so`rovi chiqarilgan. Deputat Andijon suv ta`minoti AJ Jalaquduq tuman filiali yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash muxandisi Murodiljon Soloxiddinov bilan uy-joylarni aylandi. Ko`pqavatli uylardan uncha uzoq bo`lmagan joyda suv ombori bor, bu yerda ta`mirlash ishlari ketyapti. Nixosiga yetgach, nasos ishga tushadi va bosim kuchayadi. 

Aholi yashayotgan ko`pqavatli uylarga borib, fuqrolarning suv muammosini o`rganish barobarida atrof muxit tozaligi, baxorgi yumushlarning ahvoli, mutasaddilarning obodonchilik va tozalikka e`tiboriga oid masallarga ham munosabat bildirildi. 

Bugun Andijon suv ta`minoti AJ Jalaquduq tuman filiali mutasaddilari va ishchilari suv omboriga nasos qo`yish ishlarini yakunlashdi. Ko`pqavatli uylarga yuqori bosim bilan toza ichimlik suvi
berilmoqda. Mutassadilarga raxmat.
  

Slide 1 of 4