Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda

 Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari
aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari o‘zlari saylangan hududlarda mehnat jamoalari va aholi o‘rtasida tizimli
targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu uchrashuvlar davomida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis
va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar,
islohotlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi Yalpi majlisida muhokama etilgan dolzarb masalalar,
qabul qilingan qonun hujjatlari hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha atroflicha
ma’lumotlar berilib, ularning aholi hayotidagi ahamiyati tushuntirilmoqda.  

Bu kabi targ‘ibot ishlari fuqarolarning
huquqiy ongi va siyosiy faolligini oshirish, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishga
xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 5