35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📢 Baxmal tumanida “Ochiq budjet” g‘oliblari moliyalashtirilmoqda!

📢 Baxmal tumanida “Ochiq budjet” g‘oliblari moliyalashtirilmoqda!

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan tumandagi 8 ta mahalla va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratildi.
Kutilayotgan natijalar:
🛣 18,7 km ichki yo‘llar asfalt qilinadi;
🚶‍♂️ 2 km piyodalar yo‘lakchasi (trotuar) quriladi.
Ushbu loyihalar Istiqlol, Do‘stlik, Bunyodkor, Yangibog‘, Gulbuloq, Novqa, Baxmal va Oyqor mahallalaridagi maktab, bog‘cha hamda shifoxonalarga borishni yanada yengillashtiradi, aholining xavfsiz harakatlanishini ta'minlaydi.
🚀 Tashabbus ko‘rsatib, tumanimiz rivojiga hissa qo‘shgan barcha faol hamyurtlarimizga rahmat!