IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLARNI
ISHGA JOYLASHTIRISH MASALASI MUHOKAMADA
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining O‘zbekiston “Adolat”
sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar partiya guruhining
navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, partiya guruhi deputatlari
M.Rahimov, O.Tillayeva, M.Hakimova, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi
vakillari J.Abdurashidov, M.To‘xtasinov, “Madad” NNT tuman vakili X.Qodirov
hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi
Sh.Mamajonova ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda
tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son Qarori ijrosini o‘rganish
masalasi muhokama qilindi.
Jumladan,
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida
teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun
ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibiga oid
talablarning amaliyotdagi ijrosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek,
mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida o‘rganish
savolnomalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.