35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputat_nazorati

🏛 Oltinsoy tumanidagi “Jilibuloq” mahallasida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash holati atroflicha o‘rganildi.

👥 O‘rganish ishlarida ishtirok etishdi:

Xalq deputatlari tuman Kengashining 7-“Oqarbuloq” saylov okrugidan saylangan deputati Mordanova Munira Jobborovna ishtirokida o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida e’tibor qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:

📋 Savolnoma asosida tahlil: Yoshlar yetakchisining ish rejasi, amalga oshirilgan tadbirlar ketma-ketligi va ularning natijadorligi maxsus savolnoma talablari bo‘yicha ko‘rib chiqildi.

💼 Yoshlar bandligi va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilingan ishlar tahlil qilindi.

🎯 Tavsiyalar ijrosi: “24 ta tavsiya” ijrosini ta’minlash doirasida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3