35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Burchmullo” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli M.Ashurovaning faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, mavjud muammolari, ularni “Ayollar daftari”ga kiritish asoslari hamda daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar haqida ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mahallada 110 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ularning har biri bo‘yicha mavjud muammolarni o‘rganish va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tegishli yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

🔻Jumladan, 1-toifaga kiritilgan 68 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etilgan. Ularning mehnat qilish imkoniyatlari, qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, munosib ish bilan ta’minlash, daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, 3-toifaga kiritilgan 1 nafar ayolning uy-joyini ta’mirlash masalasi belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

🔻Xotin-qizlar faoliga “Ayollar daftari”dagi har bir xotin-qizning muammosini alohida nazoratga olish, bandlik masalalarida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, yordamga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z vaqtida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, uy-joyini ta’mirlash rejalashtirilgan xotin-qizning holatini manzilli o‘rganib, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirish, natijasi bo‘yicha nazorat o‘rnatish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2