35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Majlisda Sherobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminovaning “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

🔹 Yig‘ilish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📋 Mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ijroni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4