35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🎭 Madaniyat — milliy qadriyatlar va ma’naviyat ko‘zgusi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O.Tursunov  hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan Tuman Madaniyat markaziga tashrif buyurib, markazda faoliyat yuritayotgan madaniyat xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida soha vakillarining faoliyati, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirish, ijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Madaniyat xodimlari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

🎶 Tashrif davomida markazda faoliyat yuritayotgan ijodkorlarning ijodiy chiqishlari namoyish etilib, mehmonlar ularning san’atidan bahramand bo‘ldilar.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4