35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 MAHALLADAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 19-Sherobod saylov okrugi deputati 
A. Choriyev  tomonidan “Sherobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hokim yordamchisi S. Usmonovning faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatining eng muhim 24 ta faoliyat yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish hamda aholining mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4