CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
#24_MASALA
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov tomonidan hududlarda sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
✅ O‘rganish davomida chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqish holati, maxsus texnika va konteynerlardan foydalanish, chiqindi to‘planadigan hududlarning sanitariya holati hamda aholining mazkur xizmatdan qoniqish darajasiga e’tibor qaratildi.
✅ Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni tizimli yo‘lga qo‘yish va hududlarda tozalikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
📌 Tozalik — nafaqat obodlik, balki aholi salomatligi va qulay yashash muhitini ta’minlashning muhim omilidir.