BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Xakimova hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov bilan birgalikda Akbarobod mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan, nogironligi bo‘lgan bolalarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan maxsus muassasada
tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya
jarayoni o‘rganildi.
Shuningdek, bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularning qobiliyat va
imkoniyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
Muloqotlar davomida muassasa mas’ullari va xodimlarning fikr-mulohazalari
tinglanib, mavjud ehtiyojlar va kelgusida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan
masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, bolalar uchun
yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning ijrosini deputatlik
nazorati asosida o‘rganib borish belgilandi.