Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
AKBAROBOD MAHALLASIDA QURILISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida qurilish jarayonining belgilangan tartib va talablar asosida olib borilishi, hudud obodonligi, aholiga qulay sharoit yaratish, xavfsizlik choralariga rioya etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi qurilish ishlari, infratuzilma, obodonlashtirish, xavfsizlik, kommunal xizmatlar va aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida qurilish jarayonida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Akbarobod mahallasida qurilish ishlarining qonuniy, sifatli va xavfsiz amalga oshirilishi bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5