Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
AKBAROBOD MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalla hududidagi tozalik holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichki ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarining ozodaligi, obodonlashtirish ishlari hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi sanitariya holati, obodonlashtirish, ekologik muhit, kommunal xizmatlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mahalla hududida tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Akbarobod mahallasida toza, obod va qulay muhit yaratish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5