Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-sonli “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida Davlat xizmatlari markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarining sifati, ularning tezkorligi hamda qulayligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti va xizmatlardan foydalanish jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi bilan shahar hududidagi davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi elektron hamkorlik, axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyalashuvi, idoralararo ma’lumot almashinuvi hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish davomida elektron davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda aholiga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3