Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla hokim yordamchisi J.Zokirovning faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholini bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda imtiyozli kreditlar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mahalla hokim yordamchisi tomonidan:
Oq uylik ko‘chasi 4/1-xonadonda yashovchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro Boboxonova Hakimaxonga 10 million so‘m;
Qutlug‘ qadam ko‘chasi 36-uyda yashovchi fuqaro Qurbonov Abduqodirga 10 million so‘m;
Obod yurt ko‘chasi 2-uyda yashovchi fuqaro Ziyayeva Barnoga 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha tegishli bank muassasalariga tavsiyanomalar yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida mazkur tavsiyanomalar ijrosi, kredit mablag‘larini ajratish jarayonlari hamda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat G.Payg‘amova tomonidan fuqarolarga imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish jarayonini jadallashtirish maqsadida tegishli bank muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborish hamda murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3