Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
“Bunyodkor” MFY hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

“Bunyodkor” MFY hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarning daromadlarini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, imtiyozli kredit va subsidiya olish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida xizmat hujjatlarining yuritilishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi yuzasidan tahlil o‘tkazildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4